Nahotki? Xitoy pandemiya davrida harbiy qudratini mustahkamlab oldi

Nahotki? Xitoy pandemiya davrida harbiy qudratini mustahkamlab oldi

Xitoy butun dunyoda koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurash vaqtidan unumli foydalanib qolmoqchi va harbiy qudratini mustahkamlagan holda Yer yuziga egalik qilishga da’vo qilib, Janubi-Xitoy dengizidagi neft konlariga e’tibor qaratadi. Bu haqda Daily Mail xabar bergan.

Ekspertlarning fikricha, Xitoy munozarali orollar va marjon orollarni egallab, neft va mineral konlarini ishga tushirib, ushbu hududlarda yadro qurollari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda mamlakatning pandemiya sharoitida muayyan yerlarda o‘z harbiy bazalarini qurgani ma’lum bo‘lgan: Subi marjon orollari, Beda va Olovli xoch oroliga harbiy infratuzilma, Vudi oroliga aerodrom, raketa uskunlari, qiruvchi samolyotlar va radiolokasiya tizimlari joylashtirilgan.

Xitoyning ushbu chora-tadbirlariga AQSh prezidenti Donald Tramp tezda munosabat bildirgan va hududga uchta harbiy kema yuborgan. Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe AQSh bilan mojara kelib chiqadigan bo‘lsa, XXRning raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishini ma’lum qilgan.

Avval Xitoyning koronavirus pandemiyasi sharoitida bahsli vaziyatdagi hududlarni egallash yuzasidan harakat boshlagani ma’lum qilingan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!