Nahotki?! Shanxayda koronavirusga chalingan bemorga shifo topildi

Nahotki?! Shanxayda koronavirusga chalingan bemorga shifo topildi

Shanxaylik shifokorlar yangi tarqagan koronavirus orqali pnevmoniyaga chalingan bemor ayolni davolashga muvaffaq bo‘lishdi.

Ayolning yoshi 56 da bo‘lib, koronavirus tarqagan Uxan shahrida yashagani aytilmoqda.

Tobi qochgan bu ayol 10 yanvar kuni shifoxonaga murojaat qilgan, 15 yanvarda esa davolanish uchun yotqizilgan. Davolanish mobaynida bemorning salomatligi yaxshilanib, olti kun davomida tana harorati me’yordan oshmagan.

«Sina» agentligi yozishicha, davolanish davomida ayolning nafas olishidagi muammolar kamayib borib, virusni aniqlash borasidagi testlar manfiy chiqqan. Ahvoli yaxshilangan ayol kasalxonada «har ehtimolga qarshi» yana bir necha kun ushlab turilganidan so‘ng uyiga javob berishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!