Nahotki? 2026 yilgacha yerning barcha aholisi bepul internet bilan ta’minlanadi

Nahotki? 2026 yilgacha yerning barcha aholisi bepul internet bilan ta’minlanadi

Xitoyning “LinkSure Network” kompaniyasi barcha uchun bepul sun’iy yo‘ldoshli internet loyihasini taqdim etdi, deb yozadi "terabayt.uz"

Xitoyning “LinkSure Network“ kompaniyasi 2026 yilga kelib Yerning barcha aholisi uchun sun’iy yo‘ldoshli bepul internet taqdim etishlari mumkin. Bu haqida "ABC" xabar bermoqda.

LinkSure  272 ta sun’iy yo‘ldoshni tarmoqli qoplama tuzilishini yaratish uchun har xil balandlikdagi orbitaga olib chiqadi.

LinkSure Network matbuot xizmati kompaniya vazifasi “raqamli tengsizlik"ni yengib o‘tishi, har bir insonga bepul internetdan foydalanish huquqini berishni xohlashini ta’kidlab o‘tgan.  

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun, kompaniya “LinkSure Network” sun’iy yo‘ldoshlarini ishga tushirish dasturini amalga oshiradi. Ulardan birinchisi “LinkSure No.1” Xitoyning shimoli-g‘arbiy hududidagi Jiuquan kosmodromidan 2019-yilda Xitoyning Long Mart raketalarining birida ishga tushirilishi kerak. Yana o‘nta sun’iy yo‘ldosh 2020 yilga qadar orbitaga chiqariladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2017 yilgi hisobotiga ko‘ra, taxminan 3,9 milliardga yaqin kishi internetga kirish imkoniga ega emas. LinkSure birinchi yo‘ldoshlari butun dunyo tarmog‘idan tashqarida bo‘lgan maydonlarni internet bilan ta’minlashi kerak.

LinkSure Network ijrochi direktori Vang Jininning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya loyihaga kamida 3 milliard yuan (taxminan 590 million $) sarmoya kiritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!