"MYu" futbolchisi Ispaniya chempionatiga yo‘l oldi

"MYu" futbolchisi Ispaniya chempionatiga yo‘l oldi

27 yoshli yarim himoyachi Donni van de Bek "Manchester Yunayted"dan "Jirona"ga o‘tdi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar 2028 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladilar.

Van de Bek "Manchester Yunayted"da 2020 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi "Ayntraxt"da ijara asosida o‘ynadi va klub safida barcha turnirlarda 8ta o‘yin o‘tkazdi, ammo u samarali natija bermadi. Futbolchining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qilardi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 5 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Jirona" Ispaniya La Ligasining 2023/2024 yilgi mavsumini uchinchi o‘rin bilan yakunladi. Michel shogirdlari 38 ta o‘yinda 81 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rindagi “Barselona”dan 4 ochko ortda qoldi. Klub o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!