Mo‘g‘ulistonning har bir fuqarosi 2023 yil uchun mamlakatning asosiy eksport tovari – ko‘mirni sotishdan olingan daromaddan dividend sifatida 256 ming tugrik (75 dollar) oladi. Bu haqda «Erdenes Tavan-tolgoy» (ETT) davlat korxonasi rahbari Ganbat Jigjid ma’lum qildi.
«2023 yil uchun dividendlar qonuniy talab qilinadigan auditdan so‘ng to‘lab berishga tayyor. 1072 ta ETT aksiyasiga ega bo‘lgan Mo‘g‘ulistonning har bir fuqarosi 2023 yil uchun 3 va 4 aprel kunlari 256 ming tugrik miqdorida dividend oladi. 2012 yil 11 apreldan keyin tug‘ilgan bolalarga dividend bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi», dedi u.
Uning eslatishicha, 2022 yil uchun fuqarolar 104 ming turik (30 dollardan ortiq) miqdorida dividend olgan edi. 2023 yil uchun ko‘mir eksportchisi ko‘proq foyda oldi, bu esa dividend miqdorini oshirdi. Bugungi kunda Mo‘g‘ulistonning barcha 3,5 million fuqarosi bevosita ETT aksiyadori va egasi hisoblanadi.
ETT kompaniyasi 7 milliard tonnaga yaqin xomashyo zaxiralariga ega yirik ko‘mir konlari guruhiga egalik qiladi.
2008 yilda mamlakat hukumati konlarni davlat mulkiga qaytardi va ETT kompaniyasini tuzdi. Natijada Mo‘g‘uliston ko‘mirning eng yirik eksportchisiga aylandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.