Moskva viloyatida katta yong‘in chiqdi

Moskva viloyatida katta yong‘in chiqdi

Yong‘in Fryazino shahrida «Platan» ilmiy-tadqiqot instituti binosida sodir bo‘ldi

Olov binoning beshinchi qavatdan sakkizinchi qavatgacha bo‘lgan qismini qamrab olgan

Binoda kamida 7 kishi qamalib qolgan. Olovni o‘chirish uchun 100 dan ortiq qutqaruvchi va 40 ta texnika jalb etilgan.

Halok bo‘lganlar soni 9 kishini tashkil etmoqda. Ular soat 14:30 dan buyon derazada turib, qutqarishlarini kutgan. Ammo o‘t o‘chiruvchilar ularga yetib bora olmagan. Shundan keyin ayrimlar o‘zini pastga tashlagan, qolganlar olov ichida halok bo‘lgan.

Binoda barcha qavatlarda yong‘in davom etmoqda, hududda ikkita o‘t o‘chirish vertolyoti ishlamoqda. Yong‘in maydoni — 4500 kvadrat metr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!