Monako hukumati rossiyalik milliarderni hibsga oldi – OAV

Monako hukumati rossiyalik milliarderni hibsga oldi – OAV

Rossiyalik milliarder va “Monako” futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev Monako talabiga ko‘ra hibsga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti Le Monde nashriga asosan.

Monako prokuraturasi Ribolovlevni korrupsiyada, “ta’sirni sotish” kabi jinoyatlarda gumon qilmoqda. Uning Monte-Karlodagi uyida tintuv o‘tkazilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmen Chempionlar ligasining “Monako” va “Bryugge” o‘yini oldidan hibsga olingan.  

2011 yil sentyabrda Dmitriy Ribolovlev  Bank of Cyprus yirik aksiya egasi bo‘ldi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!