Bugun, 7 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin 66 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilagn O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston rahbari Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izhor etdi.
Suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning ijobiy dinamikasi chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muloqotda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan, neft-gaz, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa sohalarda yirik sarmoyaviy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Tomonlar imzolangan hukumatlararo bitimga muvofiq, tinch atom sohasidagi strategik loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri mintaqalararo aloqalar, shuningdek, ishbilarmon doiralarning o‘zaro hamkorligi faollashdi. Bu oy Toshkentda ikki mamlakatning mintaqaviy rahbarlari, yetakchi korxonalari va kompaniyalari ishtirokida birinchi O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi.
Madaniy-gumanitar sohadagi amaliy ishlar yuksak baholanmoqda. Universitetlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga urg‘u berildi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston poytaxtida birinchi qo‘shma ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Davlat rahbarlari Rossiya Federasiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat yakunida Prezidentlar uzoq muddatli O‘zbekiston-Rossiya strategik sherigi va ittifoqini, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga qat’iy qaror qildi.
Manba: qalampir.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.
Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.
"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.
The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти
Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.
Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.
Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.