“Mining World Uzbekistan-2018”: kreativ g‘oyalar maydoni

“Mining World Uzbekistan-2018”: kreativ g‘oyalar maydoni

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida joriy yilning 14-16 noyabr kunlari “Tog‘-kon uskunalari, qazib chiqarish, ruda va minerallarni boyitish – “Mining World Uzbekistan-2018” o‘n uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.


Mazkur ko‘rgazma tog‘-kon va metallurgiya sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda tog‘-kon, ma’danlarni boyitish bo‘yicha yangi texnologiya va xizmatlar namoyish etiladi. Shu bilan birga, ko‘rgazma mahalliy va xorijiy yetakchi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni o‘zaro muloqot qilishga va hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashga chorlaydi.

“Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasining marketing bo‘yicha menejeri Bahrom To‘ychiyevning ma’lumot berishicha, ko‘rgazmada ishtirok etish istagida bo‘lganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. O‘tgan yil ko‘rgazmada 15 davlatdan kompaniyalar qatnashgan bo‘lsa, bu galgisida ular soni 17 tani tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar va “Kongress Servis” kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilmoqda.
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!