Mikel Arteta «Barselona» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Mikel Arteta «Barselona» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda «Barselona»ni boshqarishi mumkin.

«Barselona» prezidentligiga da’vogar Xoan Laporta 38 yoshli ispaniyalik mutaxassisni kelajakda jamoani boshqarishi mumkin bo‘lganlar qatorida ko‘rmoqda.

Agar Laporta saylovlarda yutib chiqadigan bo‘lsa, «Barselona»ning hozirgi murabbiyi Ronald Kuman mavsum yakunida iste’foga chiqariladi. Kelasi mavsumdan esa uning o‘rinini Arteta egallashi mumkin.

Mikel 1997—2001 yillar davomida «Barselona» tizimda bo‘lgan, biroq asosiy jamoada harakat qilmagan.

Arteta futbolchilik faoliyatini yakunlagach, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisiga aylandi va 2016—2019 yillar davomida unga assistentlik qildi. 2019 yilda esa mutaxassis «Arsenal» ustoziga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!