Meyvezer Habibga murojaat bilan chiqdi

Meyvezer Habibga murojaat bilan chiqdi

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning ta’kidlashicha, Mutlaq janglar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmuhamedov ko‘proq pul ishlab olish uchun u bilan jang qilishi kerak. Bu haqda CNN kanali xabar berdi.

“Agar Habib boks qoidalir bo‘yicha jang qilishni istasa, biz buni tashkil qila olamiz. Agarda u UFC’da qolib o‘sha-o‘sha pulni ishlab topishni istasa, u buni ham qila oladi. Konor bilan jang uchun Habib uch-to‘rt million dollar oldi. Men bilan kurashganda u ko‘proq oladi”, degan Meyvezer.

Amerikalik Makgregor u bilan jang qilguncha eng ko‘p haq to‘lanuvchi sportchilar qatorida bo‘lmaganini eslatib o‘tdi. Biroq ularning 2017 yil avgustdagi jangidan keyin Konor reytingda yuqorilab ketgan.

Manba: qalampir. com

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!