Mey yangi saylovlar o‘tkazish bilan tahdid qildi

Mey yangi saylovlar o‘tkazish bilan tahdid qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey agarda konservatorlar mamlakat Yevroittifoqdan chiqqanidan so‘ng uning bojxona siyosatiga qarshi chiqadigan bo‘lsa, yozda parlamentga yangi saylovlar o‘tkazishi mumkinligini aytib tahdid qildi, deb xabar berdi Times gazetasi.

Nashrning yozishicha, parlamentdagilar Brexit’dan so‘ng YEI bojxona ittifoqidan chiqish bo‘yicha ovoz berishga bir necha daqiqa qolganida ana shunday ogohlantirish olishgan. Mey strategiyasi parlament a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Gazetaga ko‘ra, Mey tarafdorlari agarda mag‘lub bo‘ladigan bo‘lishsa, yangi parlament saylovlari o‘tkazilishiga olib keluvchi ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish imkoniyatidan foydalanishlarini aytib tahdid qilishgan.

Avvalroq vazirlar mahkamasi a’zolari hukumat bilan Britaniyaning YEIdan chiqishi bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar strategiyasi borasida maslahatlashuvlar o‘tkazishgandi. Oxir-oqibat Mey vazirlarni Brexit shartlarini yengillashtiradigan hujjat variantini qabul qilishga ko‘ndirgandi. Mey shuningdek, Britaniya mustaqil savdo siyosatini olib borishini, Brexit’dan so‘ng mamlakat YEI yagona bozori va bojxona ittifoqi doirasida qolishi imkoniyati muhokama qilinmasligini aytgandi.

Meyning strategiyasi ayrimlarning noroziligi hamda YEIdan chiqish  masalalari bo‘yicha vazir hamda TIV rahbarining iste’foga chiqishiga olib keldi. Buning ortidan yana bir necha amaldor iste’fo berdi, YEI bilan mustahkam aloqalarni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan ayrim konservatorlar esa Brexit’ni bekor qilish masalasini muhokama qilishni yoqlab chiqishdi.

Britaniya 2016 yilgi referendum natijalariga ko‘ra 2019 yil 29 martgacha YEIdan chiqib ketishi kerak. Rasmiy London va Yevroittifoq o‘tgan yilning yozidan buyon bu borada muzokara olib bormoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!