Messi o‘yin paytida nima uchun ko‘p yurishini tushuntirdi

Messi o‘yin paytida nima uchun ko‘p yurishini tushuntirdi

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi va jamoa sardori Lionel Messi o‘yinlar paytida maydon bo‘ylab harakatlanish usulini tushuntirdi.

Men juda ko‘p yuramanmi? Raqiblarning pozisiyasini baholayman. Men ular qayerda turishlariga va qayerga yugurishlari mumkinligiga qarayman. Masalan, “Barselona”da bo‘lgan paytimda menga doim ko‘p e’tibor qaratilgan. Men hujumga o‘tish uchun raqib futbolchilar yig‘ilishi mumkin nuqtalardan qochishga harakat qilaman. Raqiblar men tomonga kelganda, men ham ularning joylashuvini o‘rganib chiqaman, — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

Messi 24 iyun kuni 37 yoshini nishonladi. Futbolchi sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Lionel 2023 yildan beri “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. Futbolchining Amerika klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni paytda, Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchining transfer qiymati 34 million yevroga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!