Merkel Putinni qachon ochiqchasiga tanqid qilishini aytdi

Merkel Putinni qachon ochiqchasiga tanqid qilishini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy suhbatlar chog‘ida uni ochiqchasiga tanqid qilishi va ba’zi masalalarda u bilan hamfikr emasligini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

20 aprel kuni Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining bahorgi sessiyasi ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaati va ishtirokchilardan birining siz ham Putinni ‘qotil’ deb bilasizmi, degan savoliga javob berar ekan Merkel shunday dedi:

«Vladimir Putinga kelsak, u haqda o‘z so‘zlarim bilan javob beraman: Putinni tanqid qilishimni yashirmayman, ammo faqatgina shaxsiy suhbatlar mobaynida tanqid qilaman».

Merkel «men Rossiyada yuz berayotgan voqealarning hammasiga ham tarafdorlik qilmayman» deya ta’kidlab, avvalambor, inson huquqlariga rioya qilish muammosiga ishora qildi. «Men Navalniy mavzusini allaqachon aytib o‘tgan edim, ammo yana ko‘plab mavzularni ham sanab o‘tishim mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, Merkel barcha tafovutlarga qaramay Rossiya bilan muloqot muhim ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!