Meni ota-onam yaratdimi?

Meni ota-onam yaratdimi?

 Savol: Ba’zilar: “Meni Xudo emas, ota-onam yaratdi”, – deydi.

Javob: 

1. Agar ota-onalar farzand yaratishga qodir bo‘lganlarida edi, dunyoda xunuk, nogiron va yomon odam bo‘lmasdi. Barcha insonlar chiroyli va nuqsonsiz tug‘ilardi. Ota-ona o‘z farzandining sog‘lom tug‘ilishini qanchalik xohlamasin, uning qo‘lidan hech narsa kelmaydi.

2. Ota-ona farzand paydo bo‘lishida bir sabab, xolos. Ular faqat jinsiy aloqa qilish bilan ikki suv (erkak va ayol tuxum hujayrasining) birlashishiga sabab bo‘lishadi. Bundan keyin yuz beradigan jarayonlardan ularning xabari ham yo‘q. U hujayra kattalashib, bo‘linadi, ko‘payib boradi. Go‘sht parchasiga aylanadi. Vaqt o‘tishi bilan uning a’zolari shakllanib, inson suratiga kiradi. Oxirida unga tiriklik manbai bo‘lgan ruh joylashtiriladi. Bu ishlarning qaysi biri ota-onaning qo‘lidan keladi?

3. Bu dunyo imtihon dunyosi bo‘lgani uchun Alloh taolo o‘zini sabablar bilan yashirdi. Inson sabablar bilan aldanib qolmasligi kerak. Shu sabablar ortida ularni boshqarib turgan bir qudrat va ilm sohibini topa olishi kerak.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!