Meksika prezidenti korteji avariyaga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi

Meksika prezidenti korteji avariyaga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi

Meksika prezidenti korteji 14 iyun kuni halokatga uchragan, buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters nashri Meksika prezidenti ma’muriyati tarqatgan xabarga asoslanib, xabar berdi.

Meksikaning yaqinda saylangan prezidenti Klaudiya Sheynbaum hodisa oqibatida shikastlanmagan. Halokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan.

Halokat Koahuila shtati shimolidagi Monklova hududida sodir bo‘lgan. Prezident korteji halokatga uchragan joyga zudlik bilan tez yordam hamda qutqaruv guruhlari jo‘nab ketgan.

“Biz prezident kortejidagi avtomobilda bir kishi halok bo‘lganidan chuqur afsusdamiz”, — deya qisqa bayonot e’lon qilgan Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum idorasi hodisa yuzasidan munosabat bildirib.

Prezident ma’muriyati ham, tegishli idoralar ham halokat nimadan kelib chiqqani haqida ma’lum qilmagan. Prezident xavfsizlik xizmati davlat rahbariga ehtimoliy suiqasd yuzasidan xodimlarni tekshirishini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Meksika saylov rahbariyatining 8 iyun kuni e’lon qilgan natijalariga muvofiq Klaudiya Sheynbaum prezidentlikka tayinlangan edi. Ayol kishining rahbarlikka tayinlanishi Meksika uchun juda katta yangilik hisoblangan. Chunki mamlakat dunyoda eng so‘nggilardan bo‘lib, 1953 yilda ayollarga saylov huquqi bergan. Viloyat rahbariyatlariga ham ayollardan nomzod tayinlanishi umuman kuzatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!