Hukumat qarori (743-son, 06.09.2019 y.) bilan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffisiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yillik ustama va yillik qo‘shimcha ta’tillar tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylar ro‘yxatiga kiritilgan joylarda ishlarni bajaruvchi barcha xodimlarga qo‘llaniladi va beriladi.
Bunda ustama miqdori ushbu joy uchun belgilangan tegishli koeffisiyentni ish haqi summasiga ko‘paytirish orqali belgilanadi.
Ustamalar xodim ushbu joyda yashashi yoki yashamasligidan qat’i nazar ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan hududlarga bir oydan ortiq muddatga xizmat safariga yuborilgan xodimlarga ham mazkur hududda bo‘lgan vaqti uchun ushbu joy uchun nazarda tutilgan miqdorda ustama to‘lanadi.
Bunda ustama mehnatga doir qonun hujjatlarida nazarda tutilgan safarlarda xarajatlarni qoplash uchun to‘lovdan qat’i nazar to‘lanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.