Mehnat migrantlariga qanday imtiyozlar joriy qilinmoqda?

A A A
Mehnat migrantlariga qanday imtiyozlar joriy qilinmoqda?

Mamlakatimizda mehnat migrasiyasi masalalarini tartibga solish, mavjud muammolarni bartaraf etish, chet elga ketishdan oldin yurtdoshlarimizning kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xo‘jayeva bilan suhbatlashdik.

– Bugungi kunda xorijda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni davlat tomonidan chet mamlakatlarga yuborish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Darhaqiqat, mamlakatimizda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni chet elga tartibli va xavfsiz jo‘natish bo‘yicha muayyan ishlar qilinmoqda. Jumladan, oxirgi 2 yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. Xususan, 2023 yilda 38,4 ming fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 2024 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 20,9 ming nafarni tashkil etdi. Bu so‘nggi yillarda migrasiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlarning amaliy ifodasidir.

Shuningdek, chet elda ishlash talabgorlarining ish beruvchining talablariga muvofiqligini maksimal darajada oshirish uchun qator mamlakatlar tilini o‘qitish, kasb-hunar o‘rgatish markazlari ochildi. Xususan, 32 ta monomarkaz, 53 ta kasb-hunarga o‘qitish va 13 ta qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi, 10 ta xorijiy tashkilot bilan hamkorlikda 48 ta kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi. So‘nggi yillarda xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi, ularning muammolari o‘rganilib, tizimli hal etilmoqda.

– Mehnat migrantlarimizni ishga yuborish bo‘yicha qaysi davlatlar bilan, qanday yo‘nalishdagi faoliyatlar uchun shartnomalar tuzilgan?

– Bugungi kunda 28 ta davlatning 300 ga yaqin ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolangan. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining bizga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, hozir 16 ta davlat, shu jumladan, 10 ta iqtisodiy rivojlangan davlat ish beruvchilarida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun 160 mingta ish o‘rinlari aniqlangan. Birgina Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda 100 mingdan ortiq ish o‘rinlariga yurtdoshlarimizni jalb qilish bo‘yicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Misol uchun, Germaniyaning 23 ta ish beruvchi va rekruting agentligi bilan 60 mingga yaqin yurtdoshlarimiz tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri va Ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilinmoqda. Ularga o‘rtacha 2,1 ming dollar ish haqi taklif qilinyapti.

Yil boshida Angliyada elektro-mexanik, qassoblik va qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga 7,5 ming ish o‘rni aniqlangan bo‘lsa, bugungi kunda yana tibbiyot yo‘nalishida 10 mingta ish o‘rniga talabnoma olingan. Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya, Finlyandiya va boshqa Yevropa davlatlariga ham 27 mingdan ortiq fuqarolarni yuk mashina haydovchiligi, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ishga yuborish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.

Shuningdek, bu yil ilk marotaba Koreyaga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasiga 15,5 ming ish o‘rniga kvota olingan. Koreyada oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil qiladi.

– Ma’lumki, shu yil 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan migrasiya masalalariga oid qator vazifalar belgilab berildi. Buning mantiqiy davomi sifatida 4 aprel kuni «Mehnat migrasiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi. Shular haqida to‘xtalib o‘tsangiz – migrantlar uchun qanday yangilik va imtiyozlar joriy qilinmoqda?

– Darhaqiqat, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan bir qator vazifalar belgilab berildi. Xususan, 27 ta professional ta’lim muassasasida yangi o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilishi, unda xorijda ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar 1 yilgacha muddatda to‘lov-kontrakt asosida tayyorlanishi, fuqarolarni chet tiliga o‘qitishda xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlik qilinishi aytildi.

Prezidentimiz farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga davlat muassasasi maqomi berildi. Avvallari Agentlik o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlagan bo‘lsa, endilikda esa qisman davlat byudjetidan ham mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari bo‘limi tashkil etiladigan bo‘ldi.

Yana bir muhim jihati shuki, 2024 yil 1 iyuldan boshlab xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladigan bo‘ldi.

Farmon bilan «2024-2025 yillarda migrasiya sohasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ham tasdiqlandi. Undagi 5 bo‘limda 29 ta banddan iborat bo‘lgan vazifalar belgilab berildi. Jumladan, migrasiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, joriy yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining migrasiya siyosati yo‘nalishida 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyasini ishlab chiqish, ushbu sohada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ichki migrasiya masalasiga oid va boshqa bir qator muhim vazifalar o‘z aksini topgan.

Chet elda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz turli muammolarga duch kelib qolgan paytlarda qayerga murojaat qilishni, kimdan yordam olishni bilmasdi. Bunday masalalarni tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan «koll-markazlar» tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi. Bunda chet eldan chiquvchi abonentlar uchun qo‘ng‘iroqlarni bepul amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, Prezident farmonida belgilandiki, 2024 yil 1 iyundan boshlab «Xorijda ish» mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravarigacha, «ishchi viza»ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun BHMning 5 baravarigacha, yo‘l chiptasi uchun BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensasiya to‘lanadi. Avvallari xorijga ishlash uchun ketayotganlar uyidagi molini sotib yoki qarz olib ketishga majbur bo‘lardi. Endilikda bu muammo ham bartaraf etiladi. Chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga esa til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.

Ilgari xorijdan qaytgan fuqarolarimiz ish topishda ayrim to‘siqlarga duch kelishardi. Bu boradagi vaziyat ham tubdan o‘zgardi. 2024 yil 1 iyundan boshlab mehnat migrasiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya beriladigan bo‘ldi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, 2024 yil 1 iyundan boshlab mehnat migrasiyasidan qaytganlar va ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash borasida qator ijobiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Yuqoridagi Prezident farmonida belgilangan vazifalar doirasida esa bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengayadi va xorijda ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga yanada yengillik hamda qulayliklar yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Eron: "Isroil tirik qolish uchun "dada"siga qarab yugurdi"

Бу баёнот АҚШ ва Эрон ўртасидаги навбатдаги тортишувлар фонида янгради.

Rossiya armiyasi Ukrainadagi yirik litiy konlaridan birini egallab oldi

Бу эса у Украинадаги литий осон олинадиган ягона кон эканлигини билдиради. Мазкур ҳудудда литийдан ташқари тантал, ниобий, бериллий, рубидий ва сезий каби нодир металлар ҳам мавжуд.

Mask Eron oliy rahbariga savol berdi: «Amerika — katta shaytonmi yoki eng katta shayton?»

Илон Маск Эрон олий раҳбари Али Хоманаийнинг ижтимоий тармоқдаги постига шама билан изоҳ қолдирди.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.