Mbappe olimpiadagi boradimi? Yakuniy qaror aniq bo‘ldi

Mbappe olimpiadagi boradimi? Yakuniy qaror aniq bo‘ldi

"Real Madrid" futbolchisi o‘z yurtida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Kilian Mbappe Parij Olimpiadasi borasidagi yakuniy qarorini ma’lum qildi. Futbolchi o‘z klubining qaroriga ko‘ra bu turnirda o‘ynamaydi.

"Yangi klubimning Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha pozisiyasi o‘ta aniq. Turnirda o‘ynamayman. Haqiqat shundan iborat.

Men yangi klubga o‘tganimni yaxshi anglayman. "Real"ga sentyabr oyida qo‘shilish yangi sarguzashtni boshlash uchun yaxshi qaror emas.

Fransiyaga omad tilayman. Ularni muxlis sifatida kuzataman. Ishonamanki, ular oltin medallarni qo‘lga kiritadilar", -deydi Kilian Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe yaqinda "Real Madrid" klubi a’zoasiga aylandi. Futbolchi PSJni erkin agent sifatida tark etib, madridliklar safiga qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!