Mayk Tayson o‘zining sevimli bokschisi kimligini aytdi

Mayk Tayson o‘zining sevimli bokschisi kimligini aytdi

Mayk Tayson kecha jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan Devid Benavides haqida iliq fikr bildirdi.

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson supero‘rta vaznida WBC yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion Devid Benavidesning Kaleb Plant ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi.

"Benavides ringda doimo tajovuzkor bo‘lib, juda ko‘p zarbalar yo‘llaydi. Hech kim u bilan tenglasha olmaydi. Devid mening sevimli jangchim, hech kim unga qarshi ringga chiqishni xohlamaydi", - dedi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, kecha tongda Las-Vegasdagi boks oqshomida Benavides hakamlarning yakdil qarori (115-113, 116-112, 117-111) bilan Plantni mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng Benavides sentyabr oyida Saul Alvaresga qarshi jang qilishni istayotganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!