Mashhur turk kinoijodkorlari Toshkentga keldi

Mashhur turk kinoijodkorlari Toshkentga keldi

Bugun Melisa Pamuk, Filiz Axmet, Sefa Zengin kabi aktyorlardan iborat turk delegasiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Taniqli aktyor Sefa Zengin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

— O‘zbekiston tuprog‘iga qadam qo‘yganimizdan nihoyatda xursandmiz. Yurtingizdagi katta o‘zgarishlar hamda yangiliklardan xabarimiz bor. Yangi O‘zbekiston dunyoga yuz tutmoqda. Toshkent xalqaro kinofestivalining o‘tkazilishi ham bu mamlakatni dunyodagi obro‘sidan darak beradi. Yangi O‘zbekistondagi yangilanishlar turk xalqini ham quvontirmoqda. Xalqaro kinofestival qardosh o‘zbek xalqining madaniyati, san’ati va boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlaridan dunyo ahlini xabardor qilishda yaxshi bir imkoniyat, deb bilaman.

Kun davomida kinofestivalga ishtiroki kutilayotgan Belarus, Hindiston, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlaridan kinoijodkorlar uchib kelishdi. Delegasiyalarning kelishi davom etmoqda.

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga 30 ga yaqin mamlakatlardan taniqli kinoyulduzlar tashrif buyuradi. Dastur davomida 14 ga yaqin davlatlarning kino kunlari o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!