Mashhur sportchi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olindi

Mashhur sportchi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olindi

“UzNews.uz”ning ishonchli manbalari xabariga ko‘ra, kikboksing, qo‘l jangi, universal jang, qoidasiz jang sport turlari bo‘yicha chempion Murod Xonto‘rayev qamoqqa olindi.

Bir-biridan mutloqo boshqa-boshqa manbalarning aytishicha, Murod Xonto‘rayev 21 iyun kuni Yunusobod tumanida hibsga olingan.

Murod Muhammadusmonovich Xonto‘rayev 20 iyun kuni tunda tan jarohati, ya’ni ko‘krak qismiga “pichoq” (o‘tkir tig‘li jism) bilan zarba berilgani jarohati sabab Yunusobod tumanidagi sobiq 17-shahar shifoxonasi, hozirgi 7-SHKShga yotqizilgan.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Murod Xonto‘rayev Toshkent shahar IIBB ga olib ketilgan va shu kunga qadar so‘roq qilinmoqda.

Aytish kerakki, Murod Xonto‘rayev “ishi”da ko‘plab fuqarolar ham hibsga olingani ma’lum qilindi.

Hozircha u tan jarohati yetkazishda ayblanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasman ma’lumot bergani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!