Mashhur London avtobusi nega ikki qavatli va qizil rangda?

Mashhur London avtobusi nega ikki qavatli va qizil rangda?

Ilk bor London so‘zini eshitganingizda xayolingizga Big–Ben, Tauyer ko‘prigi yoki afsonaviy telefon shaxobchalari kelishi mumkin. Shunga qarmasdan, shaharda muntazam sayr qiluvchi ikki qavatli qizil avtobusni eslamasdan iloj yo‘q. Nega bu transport turi qizil rangda va ikki qavatdan iboratligini bilish barchaga qiziq bo‘lsa kerak.

Londonda XIX asrning 20-yillariga kelib  mutaxsassislar tomonidan “Omnibus”  (ilk avtobus rusumi) yo‘lga qo‘yilgan. Dastlab ular otlarning mashaqqatli kuchi yordamida yo‘lovchi tashishgan bo‘lsa, keyinchalik “omnibus” relslar yordamida harakatlanib, rivojlana boshlagan.

Ammo Buyuk Britaniya aholisining soni aqlbovar qilmas darajada o‘savergach, 1847 yilga kelib, ikki qavatli avtobus joriy etish o‘ylab topildi va yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu transportda harakatlanish juda noqulay edi. Oradan 5 yil o‘tgach avtobusda yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.

“Omnibus” esa o‘z nomi va shaklini saqlab qoldi.

Qizil rang esa aynan, yomg‘ir-qor mavsumlarida ko‘zga tashlanib turish maqsadida tanlangan. Ma’lumki, Londonda salqin ob-havo sharoiti ko‘p uchraydi, bu esa avtobusda harakatlanuvchi aholiga ham qulaylik yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!