Maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal: bir kishi kasalxonada

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal: bir kishi kasalxonada

2019 yil 23 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi, 41-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi D.A., T.Ibragimov ko‘chasida  o‘zaro janjal tufayli shu ko‘chada yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi F.J.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, F.J. kasalxonaga yotqizilib, D.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!