Makronning tashrifi paytida Damashqda portlashlar sodir bo‘ldi

Makronning tashrifi paytida Damashqda portlashlar sodir bo‘ldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Suriyaga tashrifi davom etayotgan bir paytda mamlakat poytaxti Damashqda kamida ikkita portlash sodir bo‘ldi.

Suriya davlat axborot agentligi SANA ma’lumotiga ko‘ra, portlashlar Turizm vazirligi binosi yaqinida yuz bergan. Hodisa oqibatida kamida 18 kishi, jumladan to‘rt nafar xavfsizlik xizmati xodimi jarohat olgan.

Suriya rasmiylari hozircha hodisa sabablari yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Portlashlarga nima sabab bo‘lgani hamon aniqlanmoqda.

Portlashlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqda bayonot bergan Makron hodisa haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘xtalmadi.

«Suriya xalqining to‘liq suveren, xavfsiz, ko‘p millatli va birlashgan davlatda yashashga bo‘lgan intilishini hech narsa to‘xtata olmaydi. Bugun men Suriyaning jasorati, qadr-qimmati va qat’iyatiga guvoh bo‘ldim. Mening tashrifim davom etmoqda», — dedi Fransiya prezidenti.

Makron 2024 yil dekabr oyida sobiq prezident Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Suriyaga tashrif buyurgan birinchi yirik G‘arb davlati rahbari bo‘ldi.

Tashrif doirasida Makron Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, tiklanish jarayonlari va Fransiyaning Suriyani qo‘llab-quvvatlashi masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир Россия билан “гибрид уруш” ҳолатида.