Makron Germaniyaning energiya yordami sxemasidan "g‘azablangan"

Makron Germaniyaning energiya yordami sxemasidan "g‘azablangan"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniyada qabul qilingan 200 milliard yevrolik energiya yordami sxemasidan “g‘azablangan”. Ta’kidlanishicha, bu ikki davlat hukumatlari uchrashuvining bekor qilinishiga sabab bo‘lgan.

Bu haqda The Telegraph yozmoqda.

“An’anaviy hukumat maslahatlashuvlarini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida energetika va harbiy sohalarda tafovut kuchayib borayotganidan dalolat beradi”, - deydi maqola muallifi Genri Samuel.

Der Spiegel shuningdek, Fransiya rasmiylariga energiya inqirozi tufayli 200 milliard yevrolik yordam paketi haqida oldindan xabar berilmagani Parijda asabiylashayotganini yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!