Makron: "Afg‘oniston yana terrorchilar makoniga aylanmasligi kerak"

Makron: "Afg‘oniston yana terrorchilar makoniga aylanmasligi kerak"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashuvi Yevropaga migrasiyaning nazoratsiz oqimi xavfini soladi. U Yevropaga tahdid haqida teledasturda gapirdi, deya RIA Novosti xabar berdi.

"Afg‘onistondagi beqarorlik Yevropada tartibga solinmagan migrasiya oqimini paydo qiladi", - dedi u va Afg‘oniston yana bir bor avvalgi terrorchilar panohiga aylanmasligi kerakligini ta’kidladi. Makronning fikricha, bu "tinchlik va xalqaro barqarorlikka" tahdid soladi.

16 avgust kuni Ukraina samolyoti Kobuldan Ukraina, Niderlandiya, Xorvatiya, Belarus va Afg‘oniston fuqarolarini evakuasiya qilgani ma’lum bo‘ldi. Ukraina Davlat chegara xizmati spikeri Andrey Demchenkoning aytishicha, Ukrainaga evakuasiya qilingan ba’zi afg‘on fuqarolaridan ularga qochqin maqomini berish so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!