Makron: "48 soat ichida yana Putin bilan gaplashaman"

Makron: "48 soat ichida yana Putin bilan gaplashaman"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqin 48 soat ichida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yana gaplashishini aytdi.

«Bugun ertalab Germaniya kansleri Shols va men Putin bilan gaplashdik. Biz u bilan yaqin 48 soat ichida yana suhbatlashishni rejalashtirmoqdamiz», dedi Makron Versalda Yevropa Ittifoqining navbatdan tashqari sammiti ochilishida.

U Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va bu mojarodan chiqish yo‘llarini topish niyatida ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!