Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk raqibini nokautga uchratdi (video)

Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk raqibini nokautga uchratdi (video)

10 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing Promoutions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqishdi.

Professional boksda faoliyat boshlagan Mahmud G‘oipov tanzaniyalik Iddi Makveraga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik bokschi birinchi raunddayoq raqibni nokdaun holatiga tushirdi. Bu vaziyatda raund yakunlanib qolgani tufayli tanzaniyalik bokschi nokautdan qutulib qoldi. Ammo uchinchi va to‘rtinchi raundlarda ham G‘oipovning kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborib, polga qulagach, referi texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa, Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk jangidayoq nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Havaskor boksda 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Mahmud G‘oipov 2016 yilning fevralida Bolgariyadagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan, 2016-2018 yillarda «Uzbek Tigers» jamoasi safida musobaqalarda qatnashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!