MAGATE rahbari Rafael Grossi kelasi hafta Zaporojye AESga tashrif buyuradi

MAGATE rahbari Rafael Grossi kelasi hafta Zaporojye AESga tashrif buyuradi

Grossi inshootdagi yadro xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatning jiddiyligini shaxsan o‘zi baholamoqchi va davom etayotgan urush sharoitida atom elektr stansiyasini zudlik bilan himoya qilish zarurligini qayd etmoqchi, deyiladi tashkilot xabarida.

Grossining ta’kidlashicha, stansiyada MAGATE ekspertlari bo‘lishiga qaramay, vaziyat beqarorligicha qolmoqda va yadroviy xavfsizlikka tahdidlar "aniq namoyon".

Bu MAGATE rahbarining o‘tgan yilning 1 sentyabridan beri Zaparojye AESga ikkinchi tashrifi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!