Los-Anjelesda yong‘in tufayli 1200 kishi evakuasiya qilindi

Los-Anjelesda yong‘in tufayli 1200 kishi evakuasiya qilindi

Los-Anjelesdagi Milliy meteorologiya xizmati kuchli shamol va namlik tufayli qizil ogohlantirish darajasi e’lon qildi.

Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahri yaqinida o‘rmon yong‘inlari tez tarqalib ketayotgani sababli 1200 ga yaqin odam evakuasiya qilindi.

Los-Anjeles yaqinida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari 12 ming akrdan ortiq maydonga tarqaldi, deya xabar beradi Kaliforniya yong‘in boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, yong‘indan jabr ko‘rgan turar joylardagi 1200 kishi evakuasiya qilingan, yong‘in tarqalayotgan hududga o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan.

Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Los-Anjelesdagi Milliy meteorologiya xizmati kuchli shamol va namlik tufayli qizil ogohlantirish darajasini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!