Londonda kuchli tornado: ko‘p joy vayron bo‘lgan (VIDEO)
Sharqiy Londonni juma kuni kechqurun kuchli tornado "urib", katta zarar yetkazdi. Shu bilan birga, falokat uzoq davom etmagan, ammo ko‘plab yo‘qotishlar bor. Bu haqda 26 iyun, shanba kuni ma’lum qilindi, deb xabar beradi Sky News.
London polisiyasiga juma kuni kechqurun soat 19.20 atrofida Barkingdagi bir necha ko‘chalarni tornado bosib o‘tgani haqida xabar kelib tushdi. Tabiiy ofatdan vayron qilingan to‘siqlar va devorlar, shikastlangan mashinalar qoldi.
"Axlat va polietilen paketlar tornado kabi aylanardi. Bu dahshatli edi, chunki uylar qulab tushadi deb o‘ylardim", - deydi mahalliy aholi.
Eng qizig‘i shundaki, barchasi bir necha daqiqada tugadi, ammo bu olti-etti ko‘chaga zarar yetkazish uchun yetarli edi.
Bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelishdi. Hech qanday jarohatlar yo‘q.
Hamma narsa shu qadar tez sodir bo‘ldiki, polisiya bu tornado yoki boshqa tabiiy hodisa ekanligini tasdiqlay olmaydi.
#Tornado in East Side of London 🤔 pic.twitter.com/0Au9QACJXN
— IMRANO © ⚒ (@1mrano) June 25, 2021
#Upney pic.twitter.com/H1E9G3oibR
— IMRANO © ⚒ (@1mrano) June 25, 2021
🌪 #Tornado in #Barking #Essex Today pic.twitter.com/JIOq5ocz6O
— IMRANO © ⚒ (@1mrano) June 25, 2021
