Lavgrouv: Sovuq urush davrida dunyo xavfsizroq edi

Lavgrouv: Sovuq urush davrida dunyo xavfsizroq edi

Buyuk Britaniya milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Stiven Lavgrouvning bayonotiga ko‘ra, “jahonning yetakchi kuchlari sovuq urush davrida bir-birini yaxshiroq tushunishgan”. Bu haqda “BBC” xabar bermoqda.

Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, ayni payt “poytaxtlar o‘rtasidagi muloqot yetarli darajada emas”.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida so‘zga chiqqan Lavgrouv g‘arb yadro urushini boshlashi xavfi borligi, bu jarayonda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqa mustahkam emasligini ta’kidladi.

Lavgrouv ommaviy qirg‘in qurollari tobora keng tarqalib ketayotganidan ham xavotir bildirib, “mart oyidan beri AQSh Prezidenti Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin endi muloqotga kirishgani”ga urg‘u berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!