Kuldirgich
Rotada starshina birma-bir askarlarni chaqirib, yo‘qlama qilayapti.
— Toshmatov!
— Men!
— Ivanov!
— Men!
— Uch ming o‘ttizinchi!
— O‘rtoq starshina, mening ismim ZOZO!
***
Yigit sevgan qiziga dedi:
— Yur, kinoga tushamiz!
— E, yaxshisi biznikiga bora qolaylik!
— Senikida nima bor? Baribir, televizoring buzuq-ku!
***
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha menga bir lo‘li xotin uchradi. Uning aytishicha, to‘rt farzandli bo‘larkanman. Lekin birinchi farzandim xunuk, ikkinchisi piyonista, uchinchisi o‘g‘ri bo‘larmish. Faqat to‘rtinchi farzandimgina risoladagidek bo‘larkan.
— Voy, unda birdan to‘rtinchisini tug‘ib qo‘yaqol!
***
Bolakay buvisiga dedi:
— Buvijon, menga ming so‘m berib turing! Pensiyadan qaytaraman!
— IYE, bu nima deganing? Sen pensiyaga chiqquningcha men allaqachon olamdan o‘tib ketaman-ku!
— E, men sizning pensiyangizni nazarda tutayapman.
***
Yangi o‘zbek Shveysariya bankiga bordi-da, xodimalardan biriga dedi:
— Men bankingizga pul qo‘ymoqchi edim.
— Qancha?
Yangi o‘zbek xodimaning qulog‘iga shivirladi:
— Uch million dollar.
Xodima:
— Balandroq ovozda gapiravering! Bizda kambag‘allik ayb hisoblanmaydi.
***
Sher o‘rmonda hayvonlar o‘rtasida yugurish bo‘yicha musobaqa tashkil etdi. Shubhasiz, quyon hammadan o‘zib ketdi. Bir payt hayvonlar finishga kelishsa, quyon yo‘q. Yerda bir nechta suyaklar sochilib yotibdi. Sherdan so‘rashdi:
— Quyon qani?
— U yaramas doping tekshiruvidan o‘ta olmadi. Shu sababli uni bir umrga musobaqalardan chetlatdim.
***
Parashyutdan sakrash bo‘yicha musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchidan murabbiysi so‘radi:
— Nega taqdirlash marosimida yuqoridagi supada emas, pastdagisida turding?
— Ustoz, bilasiz-ku, men balandlikdan qo‘rqaman!
***
Ayol dugonasiga dedi:
— Ishonasanmi, mening Eshmatboyim o‘zi mustaqil yura boshladi!
— Yo‘g‘-e, rostdanmi?
— Ha-da! Kecha bardan chiqib o‘zi mustaqil uyga keldi.