Kubadagi portlash qurbonlari soni ortmoqda

Kubadagi portlash qurbonlari soni ortmoqda

Gavanadagi Saratoga mehmonxonasida gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 45 kishiga yetdi. 15 kishi kasalxonada qolmoqda, jumladan, ularning olti nafari og‘ir ahvolda, deb xabar bermoqda Kuba Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

«12 may soat 18.30 holatiga ko‘ra, 99 kishi jarohatlangan, ulardan 15 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 39 nafar bemor chiqarilgan, 45 nafari vafot etgan», – deyiladi vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarida.

Og‘ir ahvolda bo‘lgan oltita jabrlanganlar orasida ikki nafar bola kasalxonada. Hammasi bo‘lib to‘rt nafar voyaga yetmagan bola shifoxonada davolanmoqda.

Prezident devoni hodisa oqibatida Kuba fuqarolaridan tashqari Ispaniya fuqarosi ham halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rinda, oltinchi may kuni ertalab Gavana Saratoga mehmonxonasida sodir bo‘lgan portlash binoning beshinchi qavatigacha bo‘lgan fasadini vayron qilgan. Qo‘shni 17 ta bino, jumladan, maktabga ham zarar yetkazgan. Voqea sodir bo‘lganining dastlabki sabablari deb, to‘ldirish idishidan nasos olayotganda maishiy gazning oqishi oqibatida portlash yuzaga kelgani aytilmoqda. Rasmiylar voqeani baxtsiz hodisa, deb atadi. Mamlakatda juma va shanba kunlari rasmiy motam e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!