Kriptovalyutali millioner sahroda aqlli blokcheyn-shahar qurishga qaror qildi

Kriptovalyutali millioner sahroda aqlli blokcheyn-shahar qurishga qaror qildi

Kriptovalyutali millioner Jeffri Byorns Nevada shtatidagi sahroda blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda "Innovation Park" aqlli shaharni quradi. "Deezen" ma’lumotlariga ko‘ra, Byorns bo‘lajak shahar barpo etiladigan 271 kv km yer maydoni uchun 170 mln dollardan ortiq sarmoya ajratgan.

Ushbu hududda Byorns egalik qiluvchi "Blockchains" kompaniyasi bosh qarorgohi joylashgan. Undan uncha uzoq bo‘lmagan masofada esa "Google", "Apple" va "Tesla"ning kampuslari qad rostlagan.

Kremniy vodiysida joylashgan aqlli shahar hududida turar joy mavzelari va texnologik kompaniyalar uchun ofis binolari quriladi. Shaharda barcha umumiy infratuzilma faoliyati va energiya taqsimoti uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalaniladi.

"Innovation Park"ning aksariyat aholisi aynan taqsimot reestri texnologiyasini qo‘llagan holda ovo berishi, bank operasiyalarini amalga oshirishi va o‘z shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlashi mumkin bo‘ladi.

Keyinchalik aqlli shahar o‘zida nafaqat blokcheyn-texnologiyani, balki sun’iy idrok, nanotexnologiyalar va 3D-bosmani ham o‘zida birlashtiradi. Loyihaning bu jihatlari haqida Byorns hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q.

Bo‘lajak shaharni loyihalashtirish ishlari ustida "Ehrlich Yanai Rhee Chaney Architects" va "Tom Wiscombe Architecture" arxitektura byurolari ish olib bormoqda.

Byorns shaharni o‘z mablag‘lari evaziga qurmoqchi, qo‘shimcha investorlarni loyihaga jalb etish haqida hozircha gap-so‘z yo‘q. Birinchi bosqichda qurilish ishlari uchun 300 mln dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!