Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasini shaffof tizimga aylantirish, shifokorlarning halol, pok ishlashlari uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, tizimda hamon poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlari uchrayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan, davlatimiz rahbari tomonidan mazkur salbiy illatga barham berish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, Agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda tibbiyot muassasalarini korrupsiyadan tozalaydi, har bir shifoxona rahbarining o‘z vazifasiga loyiq ekanini o‘rganadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.