Koronavirusga chalingan model qiz boshidan o‘tganlarni gapirib berdi

Koronavirusga chalingan model qiz boshidan o‘tganlarni gapirib berdi

Parijda yashovchi ayol koronavirus infeksiyasini yuqtirgan va uning nafas olish paytida o‘pkasi g‘alati tovush chiqara boshlaganini aytdi.

30 yoshli model Intan Klementning ta’kidlashicha, uning sevgilisi birinchi marta kasal bo‘lib qolgan. U boshqa alomatlari bo‘lmaganligi sababli, e’tibor qaratmagan.

Prezident Emmanuyel Makron milliy karantinni e’lon qilishidan bir kun oldin, Klement do‘stlari bilan Valloire kommunasiga chang‘i uchgani bordi. Chang‘i paytida uning nafas olishi qiyinlashdi, o‘zini zaif his qildi. Model buni ancha yildan beri chang‘ida uchmaganiga yo‘ydi.

Ertasi kuni u do‘stlari bilan Parijga qaytdi. Poyezd uchun chiptalar yo‘qligi sababli ular avtoulov bilan ketishga majbur bo‘lishdi. Klement nafas olish qiyin edi, u doimo yo‘talib turardi.

Keyinchalik u nafas olayotganda o‘pkasidan g‘alati bir tovush chiqqanini payqadi va video havolasi orqali shifokor bilan bog‘landi. Shifokor bemorning shamollaganini va unga parasetamol qabul qilishni tavsiya qildi. 20 mart kuni Klement tekshiruvdan o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u koronavirus infeksiyasining yangi turini yuqtirgan. O‘shandan beri u kasalxonada davolanmoqda.

Modelning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon koronavirusga chalinishni o‘ylamagan va infeksiyani jiddiy qabul qilmagan. Endi u yoshlarga koronavirus tarqalishiga qarshi xavfsizlik choralarini e’tiborsiz qoldirmaslikni maslahat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!