Koronavirus: «Lyambda» shtammi immunitetdan yashirinish xususiyatiga ega

Koronavirus: «Lyambda» shtammi immunitetdan yashirinish xususiyatiga ega

Yaponiyalik biologlar koronavirusning «lyambda» shtammi yuqori darajada yuquvchanligi hamda organizmning immun tizimidan yashirinish xususiyatiga ega ekanini aniqladi. Bu boradagi tadqiqot natijalari bioRxiv elektron kutubxonasida chop etildi.

«SARS-CoV-2ning ushbu turiga tegishli mutasiya virusni antitanalardan himoyalashi va uni yanada yuqumli qilishini aniqladik», — deb yozadi tadqiqotchilar.

Olimlarning bildirishicha, koronavirus infeksiyasining mazkur varianti yuqumliligi bo‘yicha «delta» shtammi bilan deyarli bir xil darajada.

Avvalroq JSST vakili Mariya Van Kerkxove koronavirusning «lyambda» shtammi dunyoning 30dan ortiq mamlakatida aniqlanganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!