Koronavirus ko‘z kasalligini keltirib chiqarishi mumkinmi?

Koronavirus ko‘z kasalligini keltirib chiqarishi mumkinmi?

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda ko‘z bilan bog‘liq kasalliklar ham kelib chiqishi masalasiga to‘xtalib o‘tdi:

– Tadqiqotchi olimlarning aniqlashicha, yeon’yunetivit, ya’ni ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

Italiyalik olimlar koronavirus burun shilliq qavatida aniqlangandan bir hafta o‘tib ko‘z shilliq qavatida ham uchrashini tadqiqotlarida ta’kidlashgan. Shuning uchun koronavirus kasalligini davolayotgan shifokorlar nafaqat burun va og‘iz, balki ko‘zlarni ham himoya qilish borasida ham ogohlantiriladi.

Xitoy shifokorlarining tajribasida ham koronavirus bilan davolanayotgan bemorlarda 1 foiz holatda kon’yunktivit aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!