Koronavirus: Hindistonda kasallanganlar soni 6 milliondan oshdi

Koronavirus: Hindistonda kasallanganlar soni 6 milliondan oshdi

Hindistonda COVID-19 kasalligi qayd etilganlar soni 6 milliondan oshdi.

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda bir sutkada 88,6 ming kishida COVID-19 kasalligi aniqlanib, kasallik qayd etilganlar soni jami 6 milliondan oshgan.

Mamlakatda kasallanganlar soni 16 sentyabda 5 millionga, 4 sentyabr kuni esa 4 millionga yetgan. Shu bilan birga, ushbu kasallikdan tuzalganlar soni 5 million kishidan oshgan.

Hindiston kasallik qayd etilganlar soni bo‘yicha dunyo bo‘ylab ikkinchi o‘rinda turibdi. Eng ko‘p kasallik AQShda (7,1 million) qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!