Koronavirus: Fransiyada bir kunda 300 ga yaqin odam o‘ldi

Koronavirus: Fransiyada bir kunda 300 ga yaqin odam o‘ldi

Fransiyada oxirgi 24 soat ichida koronavirusdan vafot etganlar soni 292 nafarni tashkil qildi. Buni Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlamoqda.

Aniqlanishicha, COVID-19 qurbonlarining umumiy soni 2606 taga etdi. 4,6 ming kishi reanimasiya bo‘limlarida.

Shifokorlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 19 mingdan ortiq bemor kasalxonaga yotqizilgan.

Avvalroq, Fransiya Bosh vaziri Eduard Filipp koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatda umumiy izolyasiya rejimining ikki haftaga uzaytirilishini e’lon qilgandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!