Koronavirus: Fransiya yana beshlikka qaytdi

Koronavirus: Fransiya yana beshlikka qaytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 126 million 359 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 769 mingdan ziyod kishi vafot etgan (28.03.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 13:30 holatiga ko‘ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 565 997 yangi holati aniqlandi, 9 997 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (29.03.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:28 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 127 million 116 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 783 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 29,859 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (12,404 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Hindiston (11,941 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (4,519 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Fransiya (4,435 milliondan ortiq). 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 71 187, Braziliyada 84 245, Hindistonda 62 714, Rossiyada 9 088, Fransiyada esa 41 682 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!