Koronavirus Yevropadagi yana bir davlatda qayd etildi, bu beshinchisi

Koronavirus Yevropadagi yana bir davlatda qayd etildi, bu beshinchisi

Yangi xitoy koronavirusi birinchi marta Buyuk Britaniyadagi ikki odamda aniqlandi. Bu haqda Angliya bosh shifokori Kris Uitti ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Reuters». Shunday qilib, Buyuk Britaniya virus aniqlangan Yevropadagi beshinchi davlat bo‘ldi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar bir oila a’zolaridir, ular mintaqadagi Milliy sog‘liqni saqlash xizmatidan ixtisoslashgan yordam oladi. Kasallar chet elga sayohat qilishganmi yoki bu mamlakatga kelgan sayyohlarmi, aniq aytilmagan.

Uittining ta’kidlashicha, Britaniya tomoni virus tarqalishining oldini olish uchun infeksiyani nazorat qilishning tasdiqlangan usullarini qo‘llaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!