Koreyada bir qancha ishchilar tuproq ostida qolib ketdi

Koreyada bir qancha ishchilar tuproq ostida qolib ketdi

Janubiy Koreyada qutqaruvchilar shanba kuni karyerda tuproq ko‘chkisi ostida qolgan ikki ishchining jasadini topdi, deb xabar beradi YONHAP agentligi.

Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan ishchilarni qidirishda davom etmoqda. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, voqea soat 10:08 da Kyongi provinsiyasi Yanju shahrida karyerni buzish uchun chuqur qazish vaqtida sodir bo‘lgan.

Tuproq ko‘chkisi ostida qolganlarni qidirishga 50 nafar qutqaruvchi, 20 ta texnika va bitta qutqaruv iti jalb qilingan. Biroq, balandligi 20 metrgacha bo‘lgan tuproqning ko‘pligi ularning ishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Avvalroq soat 16:25 da 28 yoshli ishchining jasadi, keyin esa yana 55 yoshli ishchining jasadi topilgan.

Rasmiylar qutqaruv operasiyasiga qo‘shimcha ekskavatorlar jalb etilishini aytdi.

Karyer qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Sampyo kompaniyasiga tegishli.

Bosh vazir Kim Bu Gum rasmiylarga ko‘chki ostida qolgan ishchilarni qutqarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!