Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Samarqandga keldi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Samarqandga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan yurtimizda davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 15 iyun kuni Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Koreya Respublikasi delegasiyasi a’zolari yurtimizning boy tarixi, qadim kent obidalari bilan tanishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!