Kopengagenda birja binosi yonib ketdi

Kopengagenda birja binosi yonib ketdi

Kopengagendagi eng qadimiy binolardan birining mashhur minorasi yong‘in tufayli qulab tushdi. U Daniya, Norvegiya va Shvesiyani ifodalovchi uchta tojni ushlab turadigan to‘rtta o‘ralgan ajdaho dumlari shaklida yaratilgan.

O‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in tezda lift shaxtalari orqali barcha qavatlarga o‘tgan. Yog‘och konstruksiyalar jarayonni tezlashtirdi, mis tom esa issiqlikni tashqariga chiqarishdan saqladi. Bino ustidagi iskala yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtirdi.

Kun davomida o‘t o‘chiruvchilar tayanch tuzilmalari shikastlangani, binoning bir qismi qattiq yonib ketgani, biroq hozircha to‘liq qulashi kutilmaganini e’lon qildi.

Kopengagenning diqqatga sazovor joyi vayron bo‘lganiga ko‘plab fuqarolar hissiyot bilan munosabatda bo‘lishdi.

Uyg‘onish davri binosi 1629-1625 yillarda qirol Kristian IV davrida qurilgan va kelasi yili o‘zining 400 yilligini nishonlashi kerak edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!