Kitobda “zotdor jo‘ja o‘g‘risi” jazolandi

Kitobda “zotdor jo‘ja o‘g‘risi” jazolandi

Erkin Zayliyev 30 yoshga kirib halollik ko‘chasida o‘z yo‘lini topa olmaganlar toifasidan. U 2021 yil 5 dekabr kuni qo‘shnisi Adxam Sobirovning yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, o‘zining yashash uyidagi devor orqali A.Sobirovning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda oshib kirib yetti dona zotdor jo‘jalarini o‘g‘irlab, jo‘jalarni dastlabki tergov davrida shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxsga 300 ming so‘m pulga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Sudning qora kursisida o‘tirgan E. Zayliyev birovning haqqiga xiyonat qilganiga iqror va pushaymonligini bildirdi.

Sud, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, ishda mavjud bo‘lgan dalillarga huquqiy baho berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 1-bandida “Sudlarning e’tibori jinoyat uchun jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilishga qaratilsin” deb, 3-bandida “Jinoyat kodeksining 8,54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi, har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak ”ligi haqidagi qoidalarga ham asoslandi.

Shuningdek sud, sudlanuvchi Erkin Zayliyevga jazo turi va miqdorini tayinlashda, aybiga iqrorligini, pushaymonligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarni yo‘q deb topib, jinoyatni ijtimoiy xavflilik darajasini alohida e’tiborga olib, qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda sudlanuvchi E. Zayliyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Azimjon Akbarov, jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!