“King Long” endi Toshkentda!

“King Long” endi Toshkentda!

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26 mart kuni Toshkentga Xitoyning “Yutong Bus Co Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 52 ta 12 metrli avtobus olib kelindi. Qayd etilishicha, ularning 33 tasi elektrda, 19 tasi esa gazda harakatlanadi.

Shuningdek, xuddi shu kunning o‘zida “Xiamen King Long United Automotive Industry Co. Ltd” kompaniyasining tabiiy gazda ishlaydigan 10 ta 18 metrli “garmoshka” avtobusi ham keltirildi. Hozirda “garmoshka”lar magistral yo‘llarda sinab ko‘rilmoqda.

Ta’kidlanishicha, avtobuslar haqiqatan ham Toshkent ko‘chalarida bemalol harakatlansa, ularni yo‘nalishlarga taqsimlash boshlanadi. Ammo hozircha bu muddat ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 18 metrli 200 dona hamda 12 metrli 800 dona avtobus mart-aprel oylarida yetkazib berilishi aytilgandi. Martning oxirigacha 12 metrli avtobuslarning 160 tasi olib kelinishi e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!