Kim Chen In Rossiyaga tashrifini yakunladi

Kim Chen In Rossiyaga tashrifini yakunladi. KXDR yetakchisi zirhli poyezdda Vladivostok yaqinidagi stansiyadan Shimoliy Koreya chegarasi tomon yo‘l oldi. Uning tashrifi okeanarium va baletga tashrif bilan yakunlandi.
Bir necha kunlik tashrifi davomida u Putin va Shoygu bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Kim Chen Inga Su-35 va Su-57 qiruvchilarini yig‘ish zavodi, Rossiya Ukrainaga hujumda qo‘llayotgan "Kinjal" va "Kalibr" raketa komplekslari, shuningdek, modernizasiya qilingan "Marshal Shaposhnikov" fregati ko‘rsatildi.
G‘arb tahlilchilari Moskva Ukrainadagi hujum amaliyotlari uchun Pxenyandan qurol-yarog‘ sotib olmoqchi, Shimoliy Koreya esa o‘z navbatida Rossiyadan yadro va raketa dasturlari uchun texnologiya olishni kutmoqda, deya xavotirda.